» » Jasurbеk Ibrohimov ishida Gabriel o‘rniga Zеmfira paydo bo‘ldi

Jasurbеk Ibrohimov ishida Gabriel o‘rniga Zеmfira paydo bo‘ldi


12-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchisi bo‘lgan Jasurbek Ibrohimov o‘limi yuzasidan navbatdagi sud yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Bugun hodisaning navbatdagi guvohlari, mushtlashuv vaqtida qo‘shni binoda bo‘lgan quruvchi, marhumning do‘sti Firdavs va uning guruhdoshi Liza ko‘rsatma berdi.

Avvalgi yig‘ilishda Temur To‘xtayev va Dilshod Abdullayev ko‘rsatma bergan edi. O‘shanda Dilshod do‘stlaridan Jasurbek uning yaqin dugonasi Gabrielga “gap otib” yurganini eshitgach, u bilan “erkakchasiga” gaplashib qo‘yishga qaror qilganini aytib bergan edi.

Dilshodning so‘zlariga ko‘ra, 2-may kuni darslardan so‘ng taxminan soat 15:00 da u Jasurbek bilan ko‘rishib, unga Gabrielga “gap otmasligini” aytgan. Shundan so‘ng ularning yoniga salomlashish uchun Islombek kelgan. Islom Dilshodga Jasurda kasallik borligini aytib, o‘tib ketgan.

Ammo Jasurbekning yaqin do‘sti Firdavs bugungi sud yig‘ilishida qarshi ko‘rsatma berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jasurbek 2-may kuni Zemfira ismli birinchi bosqich talabasi oldiga borib, u bilan gaplashishni boshlagan. Lekin qizga bu yoqmagan va u bu haqda Dilshodga aytib bergan. Shundan keyin Dilshod Jasurni yakkama-yakka gaplashib olish uchun chaqirgan. Ayni o‘sha vaqtda Islom ularning ortida turgan bo‘lgan va bu yerga olamon yig‘ilgan. Shu paytda barchaning oldida Islombek Jasur kasal ekanini aytib, uning ustidan kulgan.

Firdavsning ko‘rsatmalaridan keyin so‘z sudlanuvchi Islombek To‘laganovga berildi. Sudlanuvchi Firdavsning ko‘rsatmalarini rad etgan holda, Jasur va Dilshod gaplashishayotganda u o‘sha yerda umuman bo‘lmaganini aytdi.

Yig‘ilishda mushtlashuv vaqtida qo‘shni binoda bo‘lgan quruvchi ham ko‘rsatma berdi. Quruvchi Temirov Mirabror Husanovich o‘sha kuni hodisa sodir bo‘lgan hududga yaqin bo‘lgan MXX binosida ishlayotgan bo‘lgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u ayni o‘sha paytda bino devorlarini bo‘yayotgan bo‘lgan. U hodisa joyiga kelgan 5–6 nafar kishilarni ko‘rgan.

Quruvchi ikkita yosh kishi mushtlashishni boshlaganini ko‘rgan. Ikki kishi mushtlashib yerga yiqilgan, boshqalar esa mushtlashuvga qo‘shilmagan.

Keyin esa u 3–4 daqiqaga o‘z ishlariga chalg‘igan va Jasurning burnidan qon ketayotganini ko‘rgan, o‘sha yerda bo‘lgan boshqa kishilar Jasurga suv olib kelib bergan va ular hammasi yo‘l tarafga qarab ketgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют