» » Tramp: AQSh raqib raketalarini 97 foiz holatlarda urib tushirishga qodirligi bilan maqtandi

Tramp: AQSh raqib raketalarini 97 foiz holatlarda urib tushirishga qodirligi bilan maqtandi


AQSh raqib raketalarini 97 foiz holatlarda yo‘q qilishga qodir qurolga ega. AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi  “TASS”.

“Siz qurolli kuchlarimizga nima xarid qilayotganimizga e’tibor bering. Biz qiruvchi samolyotlar va harbiy jihozlar sotib olyapmiz, dunyoda eng yaxshi harbiy texnikani yaratdik. Bizda raketalarni havoda 97 foiz holatlarda urib tushirishga qodir raketalar bor. Agar ikki raketa uchirilsa, ularni ham urib tushiramiz”, — ta’kidladi AQSh prezidenti KXDR raketa-yadro dasturi haqidagi savollarga javob berar ekan.

“Biz juda kuchlimiz. Qurolli kuchlarimizni shu paytgacha hech kim menchalik kuchaytirmagan, biz 800 milliard dollarga yaqinmiz”, — dedi Tramp AQSh mudofaa vazirligiga 2018-moliyaviy yil uchun ajratilgan mablag‘ni nazarda tutar ekan.

AQSh senati sentabrda Pentagonga 2018-yil uchun 700 milliard ajratish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Bundan 640 milliard dollar qurol-yarog‘ sotib olish, harbiylarga maosh to‘lash va qo‘shinlar jangovar tayyorgarligini saqlab turish uchun ajratildi. 60 milliard dollar xorijda, jumladan, Suriya, Iroq, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlarda operatsiyalarni davom ettirishga mo‘ljallangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 08:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют