» » O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Asqar Tolibjonov bilan xayrlashdi

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Asqar Tolibjonov bilan xayrlashdi


Mirabror Usmonov O‘FF prezidenti etib tayinlangach ochilgan va bu lavozimdan ketishi arafasida yopilgan sobiq Terma Jamoalar Markazining direktori Asqar Tolibjonov tashkilot bilan xayrlashdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Holat Asqar Tolibjonovning boshqa ishga o‘tgani bilan izohlangan. Bunda u aynan qaysi ishga o‘tgani ochiqlanmagan. Terma Jamoalar Markazi tugatilgach Tolibjonov rasman O‘FF qoshidagi “Sport mahoratini oshirish respublika oliy maktabi” direktorining o‘rinbosari bo‘lib turgandi.

Endilikda Asqar Tolibjonovning 13-oktabrgacha amalda bo‘lgan rasmiy o‘rniga yangi nomzod ko‘rib chiqilmoqda. Bungacha “Sport mahoratini oshirish respublika oliy maktabi” direktori bo‘lib kelgan Anatoliy Klimov ham ishdan ketgan bo‘lib, uning o‘rnini O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutida turli lavozimlarda ishlab kelgan Farhod Ortiqov egallagani aytilgan.

O‘FFning yangi rahbariyati bungacha PFL bosh direktori Farhod Magomedovni, bugun tongda esa kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Ahrol Inoyatovni iste’foga chiqargandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-10-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют