» » Davlat departamenti vakili Rossiya bayroqlari olib qo‘yilish sabablaridan bexabarligini bildirdi

Davlat departamenti vakili Rossiya bayroqlari olib qo‘yilish sabablaridan bexabarligini bildirdi


AQSh Davlat departamenti vakili Xezer Nauert Rossiyaning yopilgan diplomatik obyektlaridan bayroqlar olib qo‘yilish sabablaridan bexabarligini bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Bu haqda menga ma’lum emas”, — dedi Nauert.

Brifingdagi chiqishi chog‘ida Nauert avvaliga jurnalistlarning bu haqdagi savollarini e’tiborsiz qoldirdi. Biroq OAV bosimi ostida Rossiya davlat ramzlari bilan bog‘liq vaziyat sabablari haqida ma’lumotga ega emasligini tan olishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya tomoni San-Fransisko va Vashingtondagi diplomatik mulklardan bayroqlar olinishini “sharmandali hodisa” deb atagan va bayroqlar qaytarilishini talab qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-10-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют