» » Insoniyatni yo‘q qilishga va’da bergan robot BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan muloqotda bo‘ldi

Insoniyatni yo‘q qilishga va’da bergan robot BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan muloqotda bo‘ldi


Insoniyatni yo‘q qilishga va’da bergan robot — Sofiya 11-oktyabr, chorshanba kuni BMT yig‘ilishida paydo bo‘ldi va xalqaro tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Amina Muhammad bilan muloqotda bo‘ldi. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.

“Biz aqlliroqmiz va mag‘lubiyatsiz natijaga intilamiz. Sun’iy intellekt dunyodagi yegulik va suv kabi resurslarni samarali taqsimlashda yordam berishga qodir”, — dedi Sofiya.

Amina Muhammad sun’iy intellektning xavfli tomonlari haqida eslatib o‘tdi va insonlar halokatlarning oldini olish uchun mashinalar rivojini nazorat qilishi zarurligini bildirdi.

Sofiya 2016-yil mart oyidagi intervyusida “Odamlarni o‘ldirasanmi?” degan savolga ijobiy javob bergandi. Keyinchalik, joriy yil aprelida AQSh televideniyesidagi chiqishida dunyoni egallash istagi haqida hikoya qildi, biroq bu hazil ekanligini qo‘shib qo‘ydi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 15:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют