» » Raqobat qo‘mitasi Yangiyo‘l va Chirchiqdagi faoliyat ko‘rsatmayotgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazdi 

Raqobat qo‘mitasi Yangiyo‘l va Chirchiqdagi faoliyat ko‘rsatmayotgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazdi 


Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan xatlovlar Yangiyo‘l tumanida avval xususiylashtirilgan, biroq bugungi kunda bo‘sh turgan 23 ta obyekt mavjudligini ko‘rsatmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur obyektlarning jami qurilish maydoni 50,0 ming kvadrat metrni, egallagan yer maydonlari esa 20,6 gektarni tashkil etadi.

Hozirda tuman hududidagi mazkur 23 ta obyekt negizida mulkdorlar tomonidan yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish taklifi berilgan.

Qo‘mita o‘tkazgan xatlovlar Chirchiq shahri hududida ham avval xususiylashtirilgan va hozirda bo‘sh turgan 70 ta obyekt mavjudligini ko‘rsatdi. Mazkur obyektlarning jami qurilish maydoni 235,0 ming kvadrat metr, egallagan yer maydonlari 50,0 gektarni tashkil etadi. Ular qatorida sobiq poyafzal va parranda fabrikalari ham bor.

Chirchiq shahridagi bo‘sh obyektlardan 34 tasi negizida yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish taklifi berildi.

Qo‘mitaning eslatishicha, joylarda idoralararo komissiyalar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu komissiyalarga avval xususiylashtirilgan korxona va obyektlarning qaytadan to‘la quvvatda, samarali ishlashini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishida amaliy yordam berish bo‘yicha ko‘plab vakolatlar berilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 15:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют