» » Filippin prezidenti faqat yirik narkosavdogarlarni qatl etishni talab qildi

Filippin prezidenti faqat yirik narkosavdogarlarni qatl etishni talab qildi


Filippin prezidenti Rodrigo Duterte xavfsizlik organlari xodimlaridan ko‘chalardagi kichik narkosavdogarlarni o‘ldirishni to‘xtatib, katta maqsadlarga e’tibor qaratishni so‘radi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Endilikda biz ancha yuqori eshelonlar va ularning amaldorlar safidagi xayrixohlari bilan ishlaymiz”, — deydi Filippin prezidentining matbuot kotibi Ernesto Abella.

Uning so‘zlariga ko‘ra, narkodilerlarning ko‘chadagi savdo faoliyati huquq-tartibot organlarining samarali ish yuritgani sabab ancha pasaydi.

Endi esa giyohvand moddalarga qarshi muassasa ishga kirishishi zarur.

Filippinda narkotik moddalarga qarshi kurash kampaniyasi 2016-yilda, prezident Duterte o‘z vazifasiga kirishganidan so‘ng boshlandi.

Duterte prezident sifatida faoliyat boshlaganidan so‘ng narkotiklar savdosiga qarshi operatsiyalarda 12,5 ming kishi halok bo‘ldi. Ulardan qariyb to‘rt ming nafari politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют