» » Filippinda sud hukmisiz qotilliklar va o‘lim jazosini tiklash rejalariga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda

Filippinda sud hukmisiz qotilliklar va o‘lim jazosini tiklash rejalariga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda


Filippin poytaxti Manilada bir necha ming kishi sud hukmisiz qotilliklar va hukumatning mamlakatda o‘lim jazosini tiklash rejasiga qarshi norozilik bildirib, ko‘chalarga chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Norozilik namoyishi “Hayotni qutqarish uchun piyoda marsh” nomini oldi va Filippin katolik yepiskoplari konferensiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Aksiyalar cherkov giyohvand kishilar va narkotik tarqatuvchilarga qarshi kurash olib borayotgan prezident Rodrigo Dutertening harakatlarini tanqid qilganidan bir necha kun o‘tib boshlandi.  

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Duterte Filippin prezidenti lavozimini egallagan 2016-yil 30-iyundan beri mamlakatda narkosavdo bilan bog‘liq 6 mingdan ortiq kishi o‘ldirildi. 

Опубликовано: admin (18-02-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют