» » OAV: Iroq prezidenti kurdlarga Kirkuk bo‘yicha ultimatumni yetkazdi 

OAV: Iroq prezidenti kurdlarga Kirkuk bo‘yicha ultimatumni yetkazdi 


Iroq prezidenti Fuad Ma’sum kurd rahbariyatiga Bag‘dodning Kirkuk viloyati masalasidagi ultimatumini yetkazish uchun Sulaymoniyaga (Iroq Kurdistoni) keldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

R?daw telekanali manbalariga ko‘ra, Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy boshchiligidagi mamlakat hukumati 6 talabni ilgari surdi va ularni bajarish uchun 15-oktabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:00 gacha muhlat berdi.

Mazkur talablarga ko‘ra, Kirkuk aeroporti, viloyatdagi barcha neft konlari, K-1 harbiy aviabazasi nazorati va janglarda asir olingan IShID jangarilari hukumat kuchlariga topshirilishi lozim.

Kurd ko‘ngillilari Iroq qurolli kuchlari IShID 2014-yilda Kirkukni bosib olgunga qadar egallagan marralariga qaytishiga qarshilik qilmasligi zarur. Shuningdek, Kirkuk viloyati gubernatori Najmiddin Karim iste’foga chiqarilishi talab qilingan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-10-2017, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют