» » O‘zbekistonda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun jamoat joylarida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

O‘zbekistonda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun jamoat joylarida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi


Avval xabar qilinganidek, Urganch shahrida xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi, deb xabar beradi O‘zA.

Shavkat Mirziyoyev sessiyadagi chiqishi chog‘ida ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini bildirdi va viloyatni jinoyatlardan butunlay xoli hududga aylantirib, bu borada Xorazm tajribasini yaratishni taklif etdi.

Shu maqsadda ichki ishlar vazirligiga viloyat hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xorazm viloyatida “Xavfsiz hudud konsepsiyasi”ni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Davlat rahbari bu muhim loyihani nafaqat shaharlar, balki tumanlarda ham samarali amalga oshirish uchun ayrim dolzarb masalalarga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan:

Tuman va shahar ichki ishlar bo‘limlari tuzilmasini tanqidiy qayta ko‘rib chiqib, xodimlarning asosiy qismi posyolka va qishloq aholi punktlariga yaqin joylarda faoliyat yuritishini ta’minlash;

Har oyda profilaktika inspektorlari va mahalla raislari ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar bilan uchrashib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berib borishi.

Profilaktika inspektorlari bundan buyon ichki ishlar organlarining mahalladagi vakili emas, balki mahallaning ichki ishlar organlaridagi vakili sifatida o‘z ishini tashkil etishi, avvalambor mahallaning manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim;

O‘z hududida yashaydigan fuqarolar tomonidan jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘ymagan mahalla raisi va profilaktika inspektoriga oylik ish haqining 30 foizi miqdorida mukofot puli berish va, aksincha, jinoyat sodir etishga yo‘l qo‘yilgan taqdirda esa ularga nisbatan oylik maoshining 30 foizi miqdorida jarima qo‘llashni nazarda tutadigan tartibni ishlab chiqish va amalga tatbiq etish;

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida jamoat joylari va aholi turar joylarida kuzatuv kameralari o‘rnatilishini tashkil etish. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A. Ramatovga ichki ishlar vazirligi, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda, bir oy muddatda ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jamoat joylarida kuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют