» » Lola Karimova-Tillayeva Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlangan hujjatli filmning Londondagi premyerasi haqida

Lola Karimova-Tillayeva Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlangan hujjatli filmning Londondagi premyerasi haqida


11–12-oktabr kunlari London shahrida O‘rta asrlar buyuk allomasi va mutafakkiri Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy merosi haqida hikoya qiluvchi “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” hujjatli filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda jamoat arbobi Lola Karimova-Tillayevaning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Taqdimot marosimlari Britaniya poytaxtining Regent Street Cinema kinoteatri hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kinozalida bo‘lib o‘tdi.

Vestminster universitetining Regent Street Cinema kinoteatri 1848-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyodagi eng qadimiy kinoteatrlaridan biridir. U Britaniya kinematografiyasining yuragi bo‘lib hisoblanadi.

Film taqdimotida Britaniya parlamenti vakillari, jamoat va davlat arboblari, akademik doira vakillari, xorijiy elchilar hamda turistik kompaniyalar va OAV ishtirok etdi. Tadbirda, shuningdek, 2016-yilda mazkur filmning syomkalari o‘tkazilgan Britaniya muzeyi, Bodlean kutubxonasi, Oksford universitetining Sent-Jons kolleji muzeyining ekspert va olimlari ishtirok etdi.

12-oktabrda hujjatli film Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining bosh qarorgohida ham namoyish etildi. London-sitining markazida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda bank rahbariyati va xodimlari, biznes doiralari vakillari, London-sitining yirik kompaniyalari, Buyuk Britaniya, Irlandiya va Norvegiyadagi o‘zbek diasporasining vakillari, jami 300 ga yaqin mehmonlar ishtirok etdi.

“O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi, Vestminster universiteti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda ushbu taqdimotni tashkil etishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha insonlarga minnatdorligimni bildiraman. Buyuk alloma va sulhparvar hukmdor, Sharq Renessansi davrining eng yorqin namoyondalaridan biri, kashfiyotlari mana necha asrdirki insoniyatni xayratga solib kelayotgan shaxsning hayoti va ilmiy faoliyati haqida hikoya qiluvchi kinokartina dunyo hamjamiyatining O‘zbekiston boy tarixiy va madaniy merosiga hamda mamlakatimizga turistik yo‘nalishlardan biri sifatidagi qiziqishini bundan keyin ham ortib boraverishiga o‘z hissasini qo‘shadi, deb umid qilaman”, — dedi film prodyuseri, O‘zbekistonning YuNЕSKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva.

Kinokartina 74-Venetsiya kinofestivalida “Eng yaxshi xorijiy hujjatli film” nominatsiyasida “Kineo” mukofotiga sazovor bo‘ldi hamda Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi hujjatli film” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 20:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют