» » Jasur Ibrohimov ishi: Marhum hamshiraga uni guruh bo‘lib do‘pposlashganini aytgan

Jasur Ibrohimov ishi: Marhum hamshiraga uni guruh bo‘lib do‘pposlashganini aytgan


Mirobod tuman sudida Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan qo‘shimcha guvoh sifatida marhumning yotog‘i oldida ikki hafta navbatchilik qilgan bolalar shifoxonasi hamshirasi Malika Siddiqova ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar qildi.

2-shahar bolalar klinik shifoxonasi reanimatsion bo‘limi hamshirasi o‘smirga 3–18-may kunlari qaraganini ma’lum qildi.

Qizning so‘zlariga qaraganda, bir kuni kechki soatlarda, Jasurbek ikkinchi operatsiyani boshidan o‘tkazganidan so‘ng ular orasida suhbat bo‘lib o‘tgan. Bu vaqtda mijoz va hamshira orasida iliq munosabatlar o‘rnatilgan. Malika Jasur oldida ko‘p vaqt o‘tkazgan, bolaning ahvoli yaxshiligida ular muloqot qilgan. O‘sha tunda, soat 02.00 da hamshira 3-may kuni nima bo‘lganini so‘ragan.

“Jasur juda xafa edi va u menga nima bo‘lganini aytib berdi. Uning so‘zlariga qaraganda, u rostanam Islom bilan 145-maktab orqasida mushtlashgan. Mushtlashuvdan so‘ng ular tarqalmoqchi bo‘lishgan, ammo shu payti kimdir uni orqasidan tepgan, u tizzalab qolgan, keyin yana bir zarba yeb, yuzi bilan yiqilgan. Har tomondan zarba yeb, hushini yo‘qotgan”, — hikoya qilib berdi hamshira.

Bu bayonotdan so‘ng sudya Matchonov qizdan u nega shifokorlarga xabar qilmaganini yoki militsiyaga murojaat qilmaganini so‘radi. Guvoh shifokorlar buni bilganini tushuntirdi. Bundan tashqari, bu haqda Jasurbek onasiga ham aytib bergan edi. Shu bilan birga, Malika Siddiqova Jasur unga hech kimning ismini aytmaganini xabar qildi.

Yig‘ilish chog‘ida, shuningdek, nega guvoh bu qadar muhim ma’lumotni dastlabki ko‘rsatmalarida aytmagani so‘raldi.

“Dastlabki ko‘rsatmalarni berganimda meni shoshtirishgandi, ba’zi jihatlarni e’tiborga olishmagandi. Tergovchi meni baribir sudga chaqirishlarini, qolganini yig‘ilish chog‘ida aytishim mumkinligini tushuntirdi”, — tushuntirdi hamshira.

Sudlanuvchining advokatlari nega hamshira bu haqda bilib, doktorlar bilmaganini so‘radi. Bunga javoban qiz shifokorlar bemorning qornidagi poyabzal izini va bo‘ynida bo‘g‘ish izlarini payqaganini aytdi. Aynan shu tufayli ular bir necha suratlar tushirgan.

Malikaga sud ko‘plab savollar berdi. Masalan, nega suhbat diktofonga yozilmagani, nega hamkasblariga xabar qilmagani, tergovchini chaqirmagani so‘raldi. Ammo qiz Jasur tuzala boshlaganini, shu bois barcha uning sog‘ayib ketishini kutganini aytdi. Bu haqda marhumning onasi ham bir necha bor aytgan edi.

Bundan bir kun muqaddam sud boshqa qo‘shimcha guvohlar — qurilishdagi usta va Jasurning ikki kursdoshining ko‘rsatmalarini eshitgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют