» » AQShda razvedka sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan raketa uchirildi

AQShda razvedka sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan raketa uchirildi


Florida shtatidagi Kanaveral burnidan AQSh razvedka boshqarmasining NROL-52 sun’iy yo‘ldoshini ortgan Atlas V raketasi uchirildi. Bu haqda United Launch Alliance (ULA) Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Atlas V uchirilishi bunday turkumdagi raketa uchun 74-parvoz bo‘ldi.

NROL-52 sun’iy yo‘ldoshining asosiy maqsadi AQSh uchun “ehtimoliy tahdidlar”ni aniqlashdan iborat.

SpaceFlight portaliga ko‘ra, qurilma infraqizil sensorlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular Yerdagi ma’lum bir obyektlarni kuzatish imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, ULA kompaniyasi AQSh mudofaa vazirligi uchun raketa texnologiyalarining asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-10-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют