» » “Yunayted” afsonasi Ueyn Runi “Everton” safida mavsumdagi uchinchi golini urdi

“Yunayted” afsonasi Ueyn Runi “Everton” safida mavsumdagi uchinchi golini urdi


Angliya Premyer-Ligasining 8-turi bugun — dushanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan “Lester” — “Vest Bromvich” o‘yini bilan yakuniga yetadi.

Yakshanba kuni 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi va har ikkisida ham g‘olibni aniqlab bo‘lmadi. “Everton”ning safardan 1 ochko bilan qaytishiga Ueyn Runi sababchi bo‘ldi. Aynan u so‘nggi daqiqadagi penaltini aniq amalga oshirib, “Everton” futbolchilarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Mavsum boshidan buyon Runi jamoasi uchun 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U dastlabki ikki turda “Stok Siti” va “Manchester Siti” darvozasiga 1 tadan gol urib, jamoasiga umumiy hisobda 4 ochko olib bergandi.

Britaniya nashrlarining xabar berishicha, Ueyn Runi APLda o‘zi to‘p surgan 39 ta klubdan 36 tasining darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan. U hozircha “Manchester Yunayted”, “Derbi Kaunti”, “Blekpul” kabi klublargagina gol ura olmagan. Mavsumning ikki davrasida hujumchi sobiq jamoasi “Yunayted”ni bu hisobdan o‘chirib tashlashga urinib ko‘radi.

APLda faqatgina Frenk Lempard 39 ta klubga gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu borada u tengsiz bo‘lib turibdi. Endi Koul 38 ta, Alan Shirer esa 37 ta klub darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Angliya Premyer-Ligasi
8-tur bellashuvlari
15-oktabr, yakshanba

Gollar: Antoni Nokar, 82 (1:0). Ueyn Runi, 89-pen (1:1).

Gollar: Isaak Xayden, 20 (0:1). Manolo Gabbyadini, 49 (1:1). Ayose Peres, 51 (1:2). Manolo Gabbyadini, 75-pen (2:2).

16-oktabr, dushanba
“Lester” — “Vest Bromvich” — 23:59

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (16-10-2017, 07:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют