» » Chiroyli to‘y surati olish harakati o‘lim bilan yakunlangan YTHga olib keldi

Chiroyli to‘y surati olish harakati o‘lim bilan yakunlangan YTHga olib keldi


Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi, Qrim tumanida to‘y korteji qo‘rqinchli avariyaga yo‘liqdi, buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Beshinchi kanal reportajida aytilishicha, olti kishi, shu jumladan, bir yoshli go‘dak, jarohatlar bilan gospitalizatsiya qilingan.

Avariya “Krimsk – Jiginka” trassasining uchinchi kilometrida ro‘y berdi. Lada Priora boshqarib ketayotgan 31 yoshli erkak kortej tarkibidan ajralib chiqib, teskari yo‘lga o‘tib qoldi va “VAZ–2107”ga urildi. “VAZ” haydovchisi halok bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Priora haydovchisi kortejni boshqa rakursdan suratga olishni istagan suratkashning iltimosiga binoan teskari yo‘lga chiqqan.

O‘sha kuni Rossiyaning Ufa shahrida ham to‘y kortejida YTH ro‘y berdi. Kelin-kuyov ketayotgan Mitsubishi Outlander mashinasi Nissan Patrol yo‘ltanlamasiga urildi. Kelin-kuyov shifoxonaga yotqizildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют