» » FIFA reytingida Xitoy va Amirlik termalari ham O‘zbekistondan o‘zib ketdi. Navbat Suriyagami?

FIFA reytingida Xitoy va Amirlik termalari ham O‘zbekistondan o‘zib ketdi. Navbat Suriyagami?


Xalqaro futbol uyushmasi FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston milliy termasi 76-o‘ringa qarab sho‘ng‘iganini ko‘rish mumkin.

Bu avvalgi reytingdan 7 pog‘ona pasayish deganidir. JCh—2018 saralashi vaqtida O‘zbekiston termasi Osiyoning oltinchi mamlakati bo‘lib turgandi. Endi esa Xitoy va Amirlik termalari ham O‘zbekistonni ortda qoldirgan. Saralashda o‘zbekistonlik futbolchilar aynan Xitoyga imkoniyatni boy bergan, Amirlik termasi esa JCh chiptasini qo‘lga kiritgan Saudiyani taslim qilishga muvaffaq bo‘lgandi.

Osiyoda hamon forslar yetakchi — 34-o‘rin. Vaholanki ular 9 pog‘ona sho‘ng‘ishga majbur bo‘lgan. Avstraliyada o‘sish kuzatilgan va ular Yaponiyani ortda qoldira boshlagan. Janubiy Koreya Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, Xitoyni o‘tkazib yubordi. Chunki koreyaliklar saralashda Eron va O‘zbekistonni yenga olmadi. Xitoy esa ketma-ket g‘alabani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston termasini mag‘lub etgan Suriya 77-o‘rindan joy oldi. Ular hozircha yonma-yon. Navbatdagi reytingda Suriya ilgarilab ketishi ham mumkin.

Jahonda esa Germaniya peshqadam. Nemislar JCh—2018 saralashining 10 ta o‘yinida 10 ta g‘alabaga erishgandi. Mundial chiptasini eng birinchi bo‘lib qo‘lga kiritgan Braziliya ikkinchi, kuchli uchlikni esa Yevropa chempioni Portugaliya yakunlagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-10-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют