» » Jasur Ibrohimov ishi: Sud guvohlarni so‘roq qilishni yakunladi

Jasur Ibrohimov ishi: Sud guvohlarni so‘roq qilishni yakunladi


Mirobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasur Ibrohimovning ishi yuzasidan guvohlarni tinglashni yakunladi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

12-oktabr kuni janjal sodir bo‘lgan vaqtda, ya’ni 3-may sanasida №145 maktab yonidagi binoda ishlagan va o‘smirlarning urushiga guvoh bo‘lgan bo‘yoqchi Mira’lo Temirov ko‘rsatma berdi.

Bo‘yoqchining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni 5—6 nafar o‘smirning garajlar yonida to‘planganini ko‘rgan. Mira’lo Temirov Jusur Ibrohimov hamda Islom To‘laganovning o‘zaro urushini 15—20 metr uzoqlikdan kuzatgan.

“Men janjalning faqatgina boshi va oxirini ko‘rdim. Avvaliga ular bir-biriga yopishib olib, bosh va oyoqlariga ura boshlashdi. Ular mening ‘urshishni to‘xtatinglar’, deb baqirganimga e’tibor ham berishmadi”, — deydi Mira’lo Temirov.

Bo‘yoqchining ta’kidlashicha, u ish qilayotganiligi sababli morajo sodir bo‘layotgan tomonga 3—5 daqiqa qaramagan. “Besh daqiqadan so‘ng, Jasur Ibrohimov yerda qo‘lini ko‘targan holda yotganini ko‘rdim. Qolganlar ularni ajratib, yuz-qo‘lini yuvishida yordam berdilar. Shundan so‘ng ular ajralib, boshlarini to‘qishtirib, tarqalishdi. Faqatgina shuni ko‘rdim”, — dedi Mira’lo.

Guvohning ta’kidlashicha, yigitlar mustaqil tarqalib ketishgan. Shuningdek, uning aytishicha, o‘smirlar maktab yonida 15—20 daqiqacha bo‘lgan, janjal esa 3—5 daqiqa davom etgan.

Mira’lo Temirov guvohlik berayotgan vaqtida faqatgina Jusur Ibrohimov hamda Islom To‘laganovni tanidi, qolganlarning yuz tuzilishini eslab qolmagan.

Keyingi ko‘rsatmani marhumning yaqin do‘sti va guruhdoshi Firdavs Farhodzoda berdi. U Dilshod Abdullayevning “Jasur Gabrielga gap otdi”, deya bergan ko‘rsatmasini rad etdi.

Firdavsning ta’kidlashicha, u Gabriel ismli qizni umuman tanimaydi, Jasur esa birinchi kursda o‘qiydigan Zemfira bilan tanishishga harakat qilgan, “Jasur darsdan so‘ng, Zemfiraning yoniga bordi. Ular avvaliga yaxshi suhbat qurishdi, biroq birozdan keyin qiz unga ketishini, bo‘lmasam akasi Dilshodni chaqirishini aytdi”, — dedi guvoh.

Firdavsning so‘zlariga ko‘ra, Dilshod Jasur bilan uchrashuvga do‘stlarini yetaklab kelgan, ularning orasida Islom To‘laganov ham bo‘lgan. “Jasur va Dilshod gaplashib olish uchun oldinga chiqdi. Orqadan Islom yugurib kelib, ‘Jasur kasal’, deya ustidan kula boshladi. Dilshod unga e’tibor bermadi va gaplashishni davom etdi. Islom To‘laganov aniq ikki marta baqirdi”, — deydi guvoh.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Jasur va Islom birinchi kursligida munosabatlariga oydinlik kiritib olgan. “O‘shanda Jasur bir qizning yonini olgan va jarohati boligi sabab Islom bilan urushmasligini aytgan”.

Sudlanuvchi guvohning ko‘rsatmasini tasdiqlamadi va Firdavs o‘sha kuni umuman bo‘lmaganligini so‘zladi. Guvoh esa unga qarama-qarshi ko‘rsatma berdi.

Ushbu ish yuzasidan 2-shahar bolalar klinik shifoxonasi reanimatsion bo‘limi hamshirasi Malika Sidiqqova ham ko‘rsatma berdi.

“Navbatchiligim vaqtida Jasur kechasi uyg‘onib ketdi va uxlay olmadi. Men unga nima sababdan urushdinglar, deb savol berdim. Uning aytishicha, janjaldan so‘ng kimdir orqasidan kelib tepgan va buning oqibatida u tizzasi bilan o‘tirib qolgan va xushini yo‘qotgan, atrofdagilar esa uni ura boshlagan. U janjal sodir bo‘lgan joyni va uning ishtirokchilari ismini aytmadi”, — dedi guvoh.

Nega bu haqida shifokorlarga yoki ichki ishlar organlariga xabar bermagani va suhbatni yozib olmagani haqida berilgan savolga Malika Siddiqova, “bu o‘zining majburiyatiga kirmasligini va bu haqda hamma, jumladan, marhumning onasi — Nilufar Aliyeva ham bilishini” ta’kidladi. “U tuzala boshlagan edi, hech kim Jasurning o‘lishini kutmagandi”, — deya qo‘shimcha qildi Malika.

Ushbu ma’lumot hamshiraning dastlabki ko‘rsatmasida aytilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hamshira tergovchiga ko‘rsatma berayotganida xonaga prokuror kirgan va ulardan tezlashtirishni so‘ragan. “Mendan tezroq bo‘lishni so‘rashdi va bu vaziyatni hisobga olishmadi. Tergovchi qolgan ma’lumotlarni sud ishida so‘zlashim mumkinligini aytdi”, — dedi Malika Siddiqova.

Raislik qiluvchi sudya Matchonboy Matchonov guvohlarning ko‘rsatmasini tinglash ishi tugaganini va tomonlar jinoyat ishi materiallarini o‘rganishga kirishishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng ayblanuvchining otasi Abdujalil Rasulov o‘z e’tirozini bildirdi.

“Ushbu ish yuzasidan shifokorlarning ko‘rsatmasi tinglanmaydimi? Axir peritonit shifoxonada boshlanganku. Nega sinf rahbari so‘roq qilinmadi. U shu yerda-ku”, — dedi ayblanuvchining otasi.

Sud vakili uni tinchlanishga chaqirdi va guvoh qayerda ekanligini so‘radi. “Sinf rahbarini chaqirishmadi, uni chaqirish kerak. Shifokorlarni chaqiringlar. Ular qanday qilib davolashganini bilaylik. Nega voyaga yetmagan bola qamalishi kerak? Nega sizlar shifokorlarni so‘roq qilmayapsizlari”, — deya so‘radi Abdujalil Rasulov.

Dahanaki jang boshlangani sabab Matchonboy Matchonov tanaffus e’lon qildi.

Bundan oldinroq sudda sud-tibbiyot eksperti Farhod Lochinov, 2-bolalar shifoxonasi jarrohi Tohir Hasanov hamda jonlantirish bo‘limi mudiri Maxfuza Abdullayeva ko‘rsatma bergan edi.

Sud-tibbiyot ekspertining xulosasiga ko‘ra, o‘smirning o‘limiga u 3-may kuni olgan jarohati sabab bo‘lgan. Shifokorlar 17 yoshli Jasur Ibrohimov shifoxonaga “o‘ta og‘ir ahvolda” kelganini tasdiqlashdi. Ularning aytishicha, marhum oxiriga qadar ariqqa yiqilib tushganini aytgan va shaxsan Jasurning o‘zidan bir guruh bolalar tomonidan kaltaklangani haqida eshitishmagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, marhumning orqasida jarohat va shishlar yo‘q bo‘lgan, biroq Jasurning onasi Nilufar Aliyevning ta’kidlashicha, u yerda kaltak yeganlik izlari bo‘lgan.

Shifoxona xodimlari jonlantirish bo‘limiga Abdujalil Rasulov kelganini, u o‘zini “Jasurning bobosiman” deb tanishtirganini tasdiqlashdi. Islom To‘laganovning otasi esa ushbu faktni rad etdi.

Tomonlar munozarasi 16-oktabr, dushanba kuni boshlanadi. Shuningdek, prokuror qarorining e’lon qilinishi kutilmoqda. 18-oktabr, chorshanba kuni ayblanuvchining advokatlari so‘zga chiqadi. O‘sha kunning o‘zida jabrlanuvchi tomonning advokati ham so‘zga chiqishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-10-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют