» » Primorye o‘lkasida kedr yong‘og‘i tayyorlash bilan noqonuniy shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi

Primorye o‘lkasida kedr yong‘og‘i tayyorlash bilan noqonuniy shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi


Rossiyaning Primorye o‘lkasi, Partizan tumanidagi Nikolayevka posyolkasi yaqinida kedr yong‘og‘i uzish va tayyorlash bilan band bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olindi. Bu haqda “Vostok-Media” agentligi xabar bermoqda. 

Ularning faoliyati haqidagi ma’lumot Rossiya IIV Partizan bo‘limiga kelib tushdi. Politsiya xodimlari ish beruvchi va mehnat muhojirlarida Rossiya hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beruvchi hujjatlar yo‘qligini aniqladi. 

Politsiyachilar muhojirlarga nisbatan 13 ta ma’muriy bayonnoma tuzdi va jarimaga tortdi.

Primorye o‘lkasi fuqarosi bo‘lgan ish beruvchiga ham chet elliklarni tegishli ruxsat yoki patentsiz mehnat faoliyati jalb etgani uchun jarima qo‘llandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (16-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют