» » Sayohatga chiqib, qayig‘ini yo‘qotgan shotlandiyalik oilaga “Xogvarts Ekspress” yordamga keldi

Sayohatga chiqib, qayig‘ini yo‘qotgan shotlandiyalik oilaga “Xogvarts Ekspress” yordamga keldi


Shotlandiyalik Jon Klaett rafiqasi Helen va to‘rt nafar farzandi bilan Eilt ko‘liga qarab yo‘l olgan. Oila avtomobilda ko‘l joylashgan Lohaber aholi punktiga yetib kelgach, qayiqqa o‘tirgan. Qayiqda biroz suzgan oila qirg‘oqqa chiqib dam olishga qaror qilgan. Biroq ular qirg‘oqda bo‘lgan vaqtda oqim qayiqni oqizib ketgan. Ular esa hech narsa yo‘q joyda qolib ketgan, mashinaga yetib olish uchun botqoq orqali borishdan esa qo‘rqqan, deb yozadi Meduza.

Shundan so‘ng Jon politsiyaga qo‘ng‘iroq qilagan va qanday qilib botqoqni aylanib o‘tib, mashinasi turgan joyga yetib olish mumkinligini so‘ragan. Qutqaruv xizmati Klaettlarga temir yo‘l tomonga borishni maslahat bergan va ularni yaqinlashayotgan poyezd olib ketishiga va’da qilgan.

Oila temir yo‘lga yetib kelganida ularni “Garri Potter” filmidagi yosh sehrgarlarni Londondan “Xogvarts”ga olib boruvchi “Xogvarts Ekspress” poyezdi kutib turgan edi. Aslida, Klaettlarni “Xogvarts Ekspress” uchun prototip bo‘lgan “Yakobit” ekskursiya paravozi olib ketgan. “Yakobit” Shotlandiyaning go‘zal manzarali joylaridan, shuningdek, Glenfinnan viadukidan o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 05:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют