» » Toshkent kelajakka intiladi

Toshkent kelajakka intiladi


Toshkent shahrining markazida, Alisher Navoiy chorrahasi, Olmazor, Furqat ko‘chalari va Islom Karimov chorrahalari orasidan joy olishi belgilangan, 80 gektar maydonga ega “Toshkent Siti” xalqaro biznes Markazining loyihasi tasdiqlandi.

Dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlaridagi shaharlarda ishbilarmonlik faoliyatiga yo‘naltirilgan alohida biznes markazlar bor. Ularni ko‘pincha o‘zida ana shu shaharlarning osmono‘par binolari, oyna va betonlardan iborat muhandislik qiyofasini aks ettiruvchi Siti nomi bilan atashadi.

Ammo, Toshkent shahrining seysmik faolligi, memoriy qiyofasining o‘ziga xosligi, Markaziy Osiyo mintaqasining boy shaharsozlik an’analarini inobatga olgan holda “Toshkent Siti” loyihasi ishbilarmonlik faoliyati hamda daraxtlarga burkangan yashil shahar, bahavoligi, dam olish maskanlaridan iborat tabiat va zamonaviy urbanizatsiya g‘oyalar uyg‘unligi asosiga qurilgan.

Shularni inobatga olgan holda biznes ofislar, mehmonxonalar va apartamentlarga mo‘ljallangan baland binolarni 40 qavatdan, turar-joylarni esa 12 qavatdan oshirmasdan zamonaviy texnologiyalar asosida qurib bitkazish belgilandi. Bundan tashqari ushbu hududda anjuman va ko‘rgazmalar markazi, gipermarket, savdo hududlari, restoran hamda kafelar o‘rin oladi. Bugungi kunda avtomobillarni katta oqimiga mo‘ljallanmagan ko‘chalar shaharlarda noqulaylik tug‘diradi. Shu sababli Sitida Toshkent loyihasini davom ettirgan holda, keng ko‘chalar va binolar ostidagi avtoturargohlar qurish rejalashtirilgan.

Hududda yashovchi aholi va mehmonlar uchun apartamentlar, besh yulduzli mehmonxonalar va biznes ofislarda, yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlash hisobga olingan. Savdo-ko‘ngilochar va dam olish maskanlarida mazmunli vaqt o‘tkazilishining tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bino va inshootlarning dizayni ilg‘or arxitektura namunalari va milliy o‘ziga xoslik bilan uyg‘unlashgan.

Ushbu yirik loyihani amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshida, qurish va samarali boshqarishni tashkil etishga jalb qilinuvchi mahalliy va xorijlik investorlarni birlashtiruvchi maxsus Direksiya tuzilgan.

Loyihada ishtirok etish bo‘yicha savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingizni so‘raymiz: Toshkent shahri, Baynalminal ko‘chasi, 16-uy.

E-mail: info@tcibc.com

Telefon: +998 (71) 207-57-57

Reklama huquqi asosida!

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-10-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют