» » “Kasperskiy laboratoriyasi” Wi-Fi tarmog‘i xavfdan xoli emasligi haqida ogohlantirdi

“Kasperskiy laboratoriyasi” Wi-Fi tarmog‘i xavfdan xoli emasligi haqida ogohlantirdi


Wi-Fi tarmog‘i WPA2 xavfsizlik protokoli buzilgani sababli foydalanuvchilar uchun xavfdan xoli emas. Bu haqda “Kasperskiy laboratoriyasi” kompaniyasi eksperti Vladimir Kuskov ma’lum qildi, deya xabar beradi  “RIA Novosti”.

“Chindan ham WPA2 xavfsizlik protokoli buzib kirilishi ro‘y berdi, bu butun dunyodagi foydalanuvchilar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Xakerlar Wi-Fi tarmog‘iga ulanishi va trafikni qo‘lga kiritishi, ya’ni foydalanuvchilar tarmoqda nima qilayotganini ko‘rishi mumkin”, — dedi Kuskov.

“Kasperskiy laboratoriyasi” mutaxassisi foydalanuvchilarga Wi-Fi qurilmalari va shaxsiy qurilmalar (smartfonlar, noutbuklar) dasturiy ta’minotini o‘z vaqtida yangilash, himoya vositalari o‘rnatish va VPN-servislardan foydalanishni tavsiya qildi.

Oldinroq Belgiyadagi Lyoven katolik universitetining xavfsizlik sohasidagi eksperti Meyti Vanxof Wi-Fi uchun foydalaniladigan WPA2 xavfsizlik protokolida mavjud zaiflikni aniqlagandi.

Ekspertga ko‘ra, har qaday Wi-Fi qurilmalari xakerlar hujumiga duch kelishi mumkin. Bu zaiflikni bartaraf etsa bo‘ladi, biroq parolni almashtirish foydalanuvchini qutqarmaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют