» » Microsoft xakerlik hujumiga izoh berdi

Microsoft xakerlik hujumiga izoh berdi


Microsoft kompaniyasi 12-may kuni ba’zi mamlakatlarda sodir bo‘lgan xakerlik hujumi haqida izoh berdi, deb xabar qildi “RBK”.

“Bugun bizning mutaxassislarimiz Ransom: Win32.WannaCrypt nomli zararli dasturga qarshi yangi himoyani topdi va uni o‘rnatdi. Shuningdek, biz mart oyida zararli dasturlarning tarmoqda tarqalishini oldini oladigan, himoya tizimining yangilangan xavfsizligi bilan taqdim qilgan edik”, — deyiladi e’londa.

Shu bilan birga, kompaniyaning ta’kidlashicha, “bepul antivirus” va “Windows’ning yangilangan versiyasi himoyalangan”.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar “qo‘shimcha yordam ko‘rsatish” maqsadida foydalanuvchilar bilan ishlamoqda.

12-may kuni Rossiyaning “MegaFon” va “VimpelKom” telekommunikatsiya kompaniyasi xakerlik hujumiga uchragan edi. “Kasperskiy Laboratoriyasi” tahlil natijalariga tayanib ma’lum qilishicha, hujum “mashhur Microsoft Security Bulletin MS17-010 nomli tarmoq zaifligi” orqali amalga oshirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-05-2017, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют