» » Uyda ish joyini qanday tashkil qilish mumkin?

Uyda ish joyini qanday tashkil qilish mumkin?


Biz uyda ishlash quvonchli bo‘lishi uchun qanday qilib ish joyini tashkil qilish haqida bir nechta maslahatlar to‘plashga qaror qildik.

Ish joyi uchun eng muhim xususiyatlardan biri — bu uning uydagi boshqa xonalardan alohidaligi. Agar sizning ish joyi uchun alohida xona ajratishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, unda zonalashtirishning ilojini qilishingiz zarur.

Bu rejani hech qanday xarajatlarsiz amalga oshirish uchun parda, stellaj yoki kitob shkaflari ajoyib tarkibiy qismlar bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Hisobga olinishi lozim bo‘lgan birdan-bir narsa yorug‘lik manbaidir. Yorug‘ joyda ishlash ancha yaxshiroq bo‘ladi. Deraza yonida joylashsangiz, o‘zingizga yuqori darajada qulaylik yaratasiz, lekin agar buning iloji bo‘lmasa, unda qo‘shimcha yorug‘lik manbaini sotib olishingizga to‘g‘ri keladi.

Ish joyi uchun juda ko‘p narsalar kerak bo‘ladi va siz ish stolidagi bo‘sh joylarni egallamasligi uchun ularni biron joyda saqlashingizga to‘g‘ri keladi.

Bu holat uchun bir nechta variantlar mos keladi: to‘qilgan savatlar — bu mavsumning trendi, tokchalar, stellajlar yoki dekorativ qutilar — ish zonasi jihozlari uchun juda yaxshi tanlov.

Qutilarni stol tagiga juda oson joylashtirish mumkin, savatlar esa ish stoli dizaynini ajoyib tarzda to‘ldiradi.

Agar stolingizda haddan tashqari ko‘p qog‘oz yig‘ilib qolgan bo‘lsa, ularni probkadan qilingan taxtaga qisqich yordamida mahkamlab qo‘yish mumkin.

Ish joyi yorqinroq va ijobiyroq ko‘rinishi uchun muhim qog‘ozlar yoniga suratlar va ruhlantiruvchi matnlar qistirib qo‘yish ham mumkin.

Manba: “Wmj.ru”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (17-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют