» » Fotogalereya: Dunyoning turli nuqtalaridagi maktablarning bir-biridan farqi

Fotogalereya: Dunyoning turli nuqtalaridagi maktablarning bir-biridan farqi


AdMe dunyoning turni nuqtalarida joylashgan maktablarning o‘ziga xosligi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

O‘quv yili: Sentabr — iyul

Dars davomiyligi: o‘tiladigan fandan kelib chiqib (55 daqiqadan 2 soatgacha)

O‘quv haftaligining davomiyligi: 5 kun

Imtihonlar: bor

Uyga vazifalar: bor

O‘ziga xos jihati: Bu yerda ikkinchi yilda o‘qiyotganlarni yoki “sinfdan sinfga sakragan” bolalarni uchratish mumkin, shu sababli aralash sinflar kam emas. Bundan tashqari maktablarda tushlik uchun ikki soatlik tanaffus mavjud: bolalar uyiga borib ovqatlanib kelishi mumkin. Maktablarda telefondan foydalanish taqiqlangan.

O‘quv yili: aprel — mart

Dars davomiyligi: 45 daqiqa (boshlang‘ich sinflar), 50 daqiqa (o‘rta va yuqori sinflar)

O‘quv haftaligining davomiyligi: 6 kun

Imtihonlar: yilda bir necha bor

Uyga vazifalar: yo‘q (boshlang‘ich maktabda), o‘rta va yuqori sinflarda esa juda ko‘p

O‘ziga xos jihati: Darslar 8:30 dan boshlanib kechga qadar davom etadi. Ko‘plab bolalar qo‘shimcha o‘quv muassasalariga ham qatnaydi; yakshanba kunlari ham qo‘shimcha shug‘ullanish normal holat hisoblanadi. Ta’tillar yaponalar uchun (20-iyuldan 1-sentabrga qadar, 26-dekabrdan 7-yanvarga qadar hamda 25-martdan 1-aprelga qadar) — bu yaxshilab o‘qish bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan vaqt.

O‘quv yili: sentabr — iyun

Dars davomiyligi: 90 daqiqa

O‘quv haftaligining davomiyligi: 6 kun

Imtihonlar: bor

Uyga vazifalar: yo‘q (1—6 sinflarga)

O‘ziga xos jihati: maktablarda o‘quvchilarning qobiliyati va o‘zlashtirishiga qarab guruhlarga bo‘linadi. O‘quvchilarning qobiliyatlaridan kelib chiqib guruhga o‘tiladigan fanlar darajasi ham farq qiladi.

O‘quv yili: sentabr — iyul

Dars davomiyligi: 40 daqiqa

O‘quv haftaligining davomiyligi: 6 kun

Imtihonlar: bor

Uyga vazifalar: bor

O‘ziga xos jihati: maktabda o‘qish badantarbiyadan boshlanadi, uchinchi soatdan so‘ng esa ko‘zlar mashq qilinadi. Soat 14:00 da yana bir kunduzgi badantarbiya.

O‘quv yili: iyul — may

Dars davomiyligi: 35 daqiqa

O‘quv haftaligining davomiyligi: 6 kun

Imtihonlar: bor

Uyga vazifalar: yo‘q (1—6 sinflarga)

O‘ziga xos jihati: Hindistonda o‘quvchilarning ota-onalari o‘z farzandlarining imtihon natijalaridan juda qayg‘urishadi. Shahodatnomadagi baholarning yaxshiligi hayotda ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochadi.

O‘quv yili: yanvar — dekabr

Dars davomiyligi: o‘qituvchining xohishiga qarab

O‘quv haftaligining davomiyligi: 5 kun

Imtihonlar: 3-sinfdan boshlab har ikki yilda

Uyga vazifalar: bor

O‘ziga xos jihati: o‘quv yili 4 chorakka bo‘linadi va Pasxa bayramida ta’tilga chiqiladi (aprel oyida ikki hafta). Sinf rahbari har yili almashib turadi, bolalar ham har yili “aralashtirib” yuboriladi.

O‘quv yili: sentabr — iyun

Dasr davomiyligi: 85 daqiqa

O‘quv haftaligining davomiyligi: 5 kun

Imtihonlar: bor, muntazam testlar va nazorat ishlari

Uyga vazifalar: majburiy emas

O‘ziga xos jihati: o‘qish kuni soat 8:15 da boshlanadi, biroq bu vaqt hamma uchun majburiy emas. 8:15 dan 8:45 ga qadar o‘qituvchi bilan individual muloqot qilish vaqti hisoblanadi.

O‘quv yili: mintaqa va ob-havodan kelib chiqib har yili o‘zgarib turadi

Dars davomiyligi: 50—55 daqiqa

O‘quv haftaligining davomiyligi: 5 kun

Imtihonlar: bor

Uyga vazifalar: yo‘q

O‘ziga xos jihati: bolalar maktabni albatta ikki marta almashtiradi — boshlang‘ich maktabdan so‘ng o‘rta maktabga o‘tishadi va bu yerdan o‘qishni 1-sinfdan boshlashadi. Hamma narsa — bino, o‘qituvchilar va sinfdoshlar o‘zgaradi. Bitiruv kechasi o‘rniga “professorlar bilan kechgi ovqat” uyushtiriladi. Sinf bitiruvchilari yaxshi bir restoranda kechgi ovqat tashkillashtirib, professorlarni taklif etishadi. Bunga ketadigan xarajatlarni o‘quvchilarning o‘zi to‘laydi, ota-onalaridan pul olishlari kerak emas (maqsad — bolalar katta bo‘lib qolganini ko‘rsatish).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-10-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют