» » Dubay osmonida noma’lum yorqin jism ko‘rindi (video)

Dubay osmonida noma’lum yorqin jism ko‘rindi (video)


16-oktabr kuni Dubay shahri uzra noma’lum yorqin jims paydo bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.

Ko‘pchilik ushbu jismni meteorit deb hisoblagan bo‘lsa, yana kimlardir uni yonayotgan samolyot, deya taxmin qilgan. Keyinroq The National nashrining Dubay astronomik guruhiga asoslanib ma’lum qilishicha, osmonda ko‘ringan yorqin jims — atmosferada yonib ketgan kosmik kema qoldiqlari. Gap “Soyuz-2.1a” raketa-tashuvchisi haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Ushbu raketa-tashuvchi orbitaga “Progress MS-07” kosmik yuk kemasini olib chiqqan.

14-oktabr kuni Xalqaro kosmik stansiyaga uchirilgan “Progress MS-07” 16-oktabr kuni stansiyaga muvaffaqiyatli borib ulangan. Kosmik yuk kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlarini, suv va boshqa kerakli yuklarni olib chiqqan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-10-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют