» » AQSh yangi kosmik kemani sinovdan o‘tkazdi

AQSh yangi kosmik kemani sinovdan o‘tkazdi


Amerikaning Sierra Nevada kompaniyasi Dream Chaser nomli yuk tashuvchi kosmik kemaning parvoz sinovini o‘tkazdi. Bu haqda kompaniyaning saytida ma’lum qilindi.

Sinov parvozi chog‘ida yuk kemasi vertolyot yordamida havoga ko‘tarilgan, keyin mustqail qo‘nishni amalga oshirgan. Sinovlar AQSh Harbiy-havo kuchlarining Kaliforniya shtatidagi Edvards aviabazasida bo‘lib o‘tgan.

Dream Chaser’ning keyingi sinovlari 2017-yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadi. Yuk kemasining to‘liq ishga tushirilishi 2020-yilga mo‘ljallangan.

Kemaning avvalgi sinovi 2013-yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan. O‘shanda qo‘nish vaqtida chap shassi ochilmay qolgan, natijda kemaga zarar yetgan.

Dream Chaser’ning tashqi ko‘rinishi mini-shattlga o‘xshaydi va Xalqaro kosmik stansiyaga yuk jo‘natish uchun mo‘ljallangan. Kemani Atlas 5 yoki Ariane 5 eltuvchisi yordamida uchirish rejalashtirilmoqda. Kema stansiyaga dum qismida joylashgan dok yordamida biriktiriladi. Shuningdek, Dream Chaser’ning uchuvchi boshqaradigan talqinini ham yaratilmoqda, unda yetti kishi joylashishi mumkin bo‘ladi.

Sierra Nevada kompaniyasi SpaceX va Orbital ATK bilan birga 2016-yilda 2024-yilgacha yuklarni Xalqaro kosmik stansiyaga olib chiqish bo‘yicha NASA bilan shartnoma imzolagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют