» » Xitoy C919 havo kemasining ilk parvozi 5-mayga belgilandi

Xitoy C919 havo kemasining ilk parvozi 5-mayga belgilandi


Xitoyning C919 reaktiv yo‘lovchi havo kemasining ilk sinov parvozi 5-mayga belgilandi. Bu haqda samolyotni ishlab chiqqan Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi (COMAC) ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Sinov Shanxayning Pudun xalqaro aeroportida o‘tkaziladi.

“Ob-havo sharoitlari noqulay bo‘lsa, ilk parvoz sanasi o‘zgartirilishi mumkin”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Ishlab chiqaruvchilar oxirgi bir necha hafta davomida ilk parvoz oldidan bir qator yakuniy sinovlar o‘tkazdi. Jami 118 ta parvozoldi sinovi, jumladan, uchish-qo‘nish yo‘lagida turli tezlikda boshqarish bo‘yicha sinovlar o‘tkazilgan.

C919 2015-yilning noyabrida konveyerdan chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют