» » Volvo yangi elektromobillar brendining birinchi modelini taqdim etdi (foto)

Volvo yangi elektromobillar brendining birinchi modelini taqdim etdi (foto)


“Vedomosti” nashri ikki yildan so‘ng Xitoyda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan korbon kuzovli Polestar kupesi haqida ma’lumotlar to‘plab taqdim etdi.

Volvo Car Group Polestar brendining birinchi modelini taqdim etdi — karbon kuzovli gibrid kupe, uning o‘lchami BMW 6-seriyali kupesinikiga o‘xshash.

Avvallari Volvo’ning tyuningi bilan shug‘ullangan Polestar shved-xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchisiga qo‘shilganidan so‘ng, mustaqil brendga aylanishi kerak.

Polestar’ning birinchi mustaqil modeli Polestar 1 deya nomlandi. U 2019-yilning o‘rtalariga chiqarilishi kerak, biroq buyurtmalar 2017-yilning 17-oktabridan boshlab qabul qilinadi.

2019-yilning oxiriga borib o‘rta o‘lchamli Polestar 2 elektromobili paydo bo‘ladi va u Tesla Model 3 bilan raqobat qilishi kutilmoqda.

Kupe cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi — yiliga 500 donaga yaqin. Polestar uchun Chendu markazida (Xitoy) maxsus ishlab chiqarish markazi qurilmoqda. Qurilish ishlari 2018-yilning o‘rtalarida yakunlanadi.

Polestar 1 kupesi Volvo XC90, S90/V90 va XC60 sedanlari yaratilgan SPA platformasi asosida quriladi. Texnologiya jihatidan bunga eng yaqin raqib — BMW i8 gibrid kupesi.

Brendning kelajakdagi barcha mashinalari to‘liq elektr qurilmalari bilan jihozlanadi. Yaqin 20 yil ichida sotiladigan avtomobillarning 40 foizdan ortig‘ini elektromobillar tashkil etadi.

Polestar elektromobilining quvvati 600 ot kuchiga teng bo‘ladi.

Elektromobil bir marta quvvatlanish orqali 150 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir.

Volvo Cars va uning egasi Geely Holdings Polestar’ning dastlabki bosqichida 640 million yevro sarmoya kiritmoqda.

Kelajakda Polestar’ning 100 foiz mashinalari onlayn buyurtma qilinadi va ikki yoki uch yillik obuna asosida depozitsiz taqdim etiladi.

Obunaga turli xizmatlar, masalan mashinaga tovarlarni yetkazib berish va uni Volvo hamda Polestar modelidagi boshqa avtomobillarga almashtirib berish mumkin bo‘ladi.

Mashina virtual telefon orqali (Phone-As-Key) erkin foydalanish texnologiyasiga ega bo‘ladi, bu esa virtual kalitni uchinchi shaxslarga o‘tkazish va konserj xizmatlaridan foydalanishni osonlashtiradi.

Polestar onlayn ravishda sotiladi, biroq kompaniya Polestar Space global tarmoqlar markazini ochish niyatida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (18-10-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют