» » “Barselona” Pike bilan 1 ta, Pikesiz 2 ta gol urdi. “Yuventus” irodali g‘alabaga erishdi

“Barselona” Pike bilan 1 ta, Pikesiz 2 ta gol urdi. “Yuventus” irodali g‘alabaga erishdi


Kataloniyaning “Barselona” klubi Chempionlar Ligasidagi uchinchi o‘yinida uchinchi g‘alabasiga ega chiqib, 100 foizlik natija qayd etishda davom etdi.

Jamoa guruh bosqichini “Yuventus”ni mahf etishdan boshlagandi — 3:0. 2-tur Lissabonda “Sporting” darvozasiga urilgan 1 ta gol sabab zafar quchgan “Barselona”, bu safar yunonlarning “Olimpiakos” klubidan ustunroq chiqdi — 3:1.

Uchrashuvning 42-daqiqasida bosh hakam himoyachi Jerar Pikeni maydondan chetlatdi. Kataloniyalik futbolchilar bungacha 1 ta gol urgan bo‘lsa, 2-taymda Pikesiz yana 2 ta gol urishga erishdi. Greklar esa jami 3 ta golga 1 marta umumiy javob qaytardi.

Turinning “Yuventus” klubi “Sporting” bilan o‘yinda 3 ta gol urdi: 1 tasi o‘z darvozasiga. Shu tariqa Massimiliano Allegri shogirdlari irodali g‘alabani qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ular avvalgi turda “Olimpiakos”ni taslim qilgandi — 2:0.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“D” guruhi. 3-tur
18-oktabr, chorshanba

Gollar: Dimitris Nikolau, 18-avt (1:0). Lionel Messi, 61 (2:0). Lyuka Din, 64 (3:0). Dimitris Nikolau, 90 (3:1).
Chetlatish: Jerar Pike, 42 (B).

Gollar: Aleks Sandro, 12-avt (0:1). Miralem Pyanich, 29 (1:1). Mario Mandjukich, 84 (2:1).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-10-2017, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют