» » JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida xorijlik mutaxassislar ishtirokida trening bo‘lib o‘tdi

JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasida xorijlik mutaxassislar ishtirokida trening bo‘lib o‘tdi


 

JV MAN Auto-Uzbekistan xizmat ko‘rsatish-dilerlik markazida kompaniya mutaxassislarini yuqori raqobat muhitida savdoni amalga oshirishning zamonaviy usullariga bag‘ishlangan Training camp truck 2017. Uzbekistan and Central Asia treninggi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Avto Olam”.

Ushbu tadbirni o‘tkazish uchun Rossiya va Germaniyadan malakali mutaxassislar taklif etildi. Ishtirokchilar uchun kompaniya va sanoatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda individual dastur ishlab chiqildi.

Traningda JV MAN Auto-Uzbekistan qo‘shma korxonasining rasmiy dilerlari hamda mutaxassislari, shuningdek, MDH davlatlarining rasmiy importchilari ham ishtirok etdi. Trening ishtirokchilari savdoning eng ilg‘or va zamonaviy usullari bilan tanishdilar, shu bilan birga yuk avtomobillarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

“Ushbu treningning asosiy maqsadi bizning mahsulotimiz jahon bozoridagi har qanday brendlar bilan O‘zbekiston bozorida raqobatlasha olishini namoyish etishdan iborat. Shuni inobatga olgan holda, biz o‘z mutaxassislarimizni mahsulotimizning o‘ziga xosligini isbotlab bera olishlari uchun ularni tayyorlashga qaror qildik”, — deydi MAN Ttruck Bus AG kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha savdo departamenti rahbari Yan Kolmayer.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют