» » “Litsenziyang yo’qmi, unda to’yda nima bor?”. Xorazmda to‘yga litsenziyasiz chiqqan suxandon, qo‘shiqchi va raqqosalarga chora ko‘rilmoqda

“Litsenziyang yo’qmi, unda to’yda nima bor?”. Xorazmda to‘yga litsenziyasiz chiqqan suxandon, qo‘shiqchi va raqqosalarga chora ko‘rilmoqda


Xorazm viloyati soliq boshqarmasi tomonidan konsert-tomoshalar faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning belgilangan me’yorlarga rioya etilishi yuzasidan doimiy ravishda nazorat tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda, deb xabar beradi boshqarma axborot xizmati.

Xususan, joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida viloyatning barcha shahar va tumanlarida 160 dan ortiq nazorat tadbirlari tashkil etildi. Mazkur o‘rganishlar davomida 170 ga noqonuniy harakatlar aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan, audio, video kasseta va lazer disk sotuvi jarayonida 69 ta noqonuniy harakatlar aniqlanib, 21 mingga yaqin video kasseta va lazer disklar savdodan olib qo‘yilib yo‘q qilingan.

Viloyat davlat soliq boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning sentabr oyigacha bo‘lgan davr mobaynida 100 ga yaqin noqonuniy konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari aniqlangan.

Masalan, Urganch shahrida Sh.Saparboyev, J.Ro‘zmetov, R.Ramanov, S.Otaboyev, I.Raxmonovlar, Urganch tumanida fuqaro I.Raxmonova, Xiva tumanida R.Abdullayev, Xazorasp tumanida U.Dovulov, Xonqa tumanida R.Yavkachyov. O.Qurbonovalar to‘y va tantanalarda hech qanday rasmiy hujjatlarsiz suxandonlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.

Shuningdek, o‘rganishlar davomida Urganch shahrida G.Bekchanova, N.Xudarganova, N.Panayeva, Z.Kushchanova, Xazorasp tumanida S.Ataxanova, O.Ibragimova, Qo‘shko‘pir tumanida O‘.Vaisova, N.Akramova, Xonqa tumanida Yu.Shermetovalar maxsus litsenziyasiz, to‘ylarda kelishilgan summa asosida raqqosalik bilan shug‘ullanayotganligi aniqlandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют