» » Xorazm bojxonachilari to‘qqiz oy davomida pornografik materiallar bilan bog‘liq 381 ta holatni aniqladi

Xorazm bojxonachilari to‘qqiz oy davomida pornografik materiallar bilan bog‘liq 381 ta holatni aniqladi


Joriy yilning 14-sentabr kuni “Moskva–Urganch” yo‘nalishi bo‘ylab, Moskva shahridan Urganch shahriga uchib kelgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Ullibog‘ ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Aytbayev Rasulbek o‘ziga tegishli bo‘lgan Explay Shine rusumli plansheti va Samsung Galaxy Note 3 rusumli uyali telefon apparati xotiralarida pornografik mazmundagi 252 ta videolavha va 68 ta fotosuratlarni olib kirishga urishinish holati “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlanib, ma’muriy ish yuritilgan. Bu haqda “Daryo”ga Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan sud organlari tomonidan huquqbuzarga tegishli ikkita elektron qurilmasi ham davlat foydasiga musodara qilindi va qonunda belgilangan tartibda jazo choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, 20-sentabr kuni “Moskva–Urganch” yo‘nalishi bo‘ylab Moskva shahridan Urganch shahriga uchib kelgan fuqaro Olloberganov Dilshodga tegishli bo‘lgan uyali telefon bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning xotirasida 320 dona pornografik mazmundagi videolavhalar hamda 75 dona pornografik mazmundagi fotosuratlar borligi aniqlanib, behayo mazmundagi materiallarning O‘zbekistonga kirib kelishiga chek qo‘yildi.

Xususan, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida pornografik mazmundagi materiallar bilan bog‘liq 381 ta holat aniqlangan bo‘lib, qariyb 15 mingdan ortiq pornografik mazmundagi materiallarni respublika hududiga olib kirilishining oldi olindi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-10-2017, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют