» » AQSh koalitsiyasi Raqqaning 98 foizi ozod etilganini xabar qildi

AQSh koalitsiyasi Raqqaning 98 foizi ozod etilganini xabar qildi


AQSh boshchiligadiga xalqaro koalitsiya vakili Rayan Dillon “Suriya demokratik kuchlari” tuzilmasining arab va kurd otryadlari Raqqa hududining 98 foizini IShID terrorchilaridan tozalaganini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

“Stadion sharqida kichik qarshilik o‘chog‘i qolmoqda. IShIDning oxirgi boshpanalarini topish uchun binolar va tunnellar tekshirilmoqda”, — dedi u.

Raqqa IShIDning asosiy tayanchi bo‘lib qolgan. U iyun oyidan buyon qamal qilinadi. Iyul oyiga kelib shaharning 30 foizi terrorchilardan ozod qilingan edi.

14-oktabr kuni Al Arabiya telekanali Raqqa butunlay ozod etilganini xabar qilgan edi, ammo keyinchalik bu ma’lumot inkor etildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-10-2017, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют