» » MRB direktorini maxsus xizmatlarni siyosiylashtirishda ayblashdi

MRB direktorini maxsus xizmatlarni siyosiylashtirishda ayblashdi


Vashingtonda 19-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyada Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo “maxsus xizmatlar bahosiga ko‘ra, Rossiya aralashuvi AQShdagi saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatmagan”ini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Uning bu so‘zlari matbuot diqqatini tortdi. Yetakchi nashrlar maxsus xizmat rahbarini yanvarda o‘tkazilgan surishtiruv hisoboti natijalarini soxtalashtirishda ayblay boshladi.

Hisobotda, xususan, “Rossiya faoliyati saylov natijalariga qay darajada ta’sir qilgani borasida o‘z bahoimizni bermaymiz” deyilgan edi. Shuningdek, MRBning bir qancha sobiq xodimlari o‘z noroziligini bildirdi.

“bu Pompeo maxsus xizmatlarni siyosiylashtirishga urinayotganiga yana bir misol, — otmetil sobiq agentlardan biri The Washington Post nashriga bergan intervyusida. — Pompeo — Bill Keysidan (Ronald Reygan davridagi MRB direktori) keyin MRBning eng siyosiylashgan rahbari. Bu maxsus xizmatlarga bo‘lgan ishonchni poymol qiladi”.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (20-10-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 28) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют