» » WP: MRB direktori Trampning Rossiya bilan aloqalari bo‘yicha taftishni shaxsiy nazorati ostiga oldi

WP: MRB direktori Trampning Rossiya bilan aloqalari bo‘yicha taftishni shaxsiy nazorati ostiga oldi


AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo mamlakat prezidenti Donald Trampning Rossiya bilan aloqalari yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruvni o‘z shaxsiy nazorati ostiga oldi. Bu haqda, The Washington Post nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Endilikda tergovchilar shaxsan Pompeoning oldida hisobot beradigan bo‘ldi.

Aytilishicha, bu qadam AQSh razvedkasining yuqori rahbariyati orasida xavotirga sabab bo‘lmoqda.

“MRB kontrrazvedka operatsiyalari markazi vakillari Pompeoni kuzatib kelayotgan edi. U bir necha marotaba Rossiyaning 2016-yilgi prezident sayloviga aloqadorligiga yetarli ahamiyat bermagan va siyosiy kurashda prezident Tramp tarafda turishini namoyish qilgan edi”, — deyiladi xabarnomada.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют