» » Tramp Kennedining o‘limiga oid ba’zi hujjatlarni yashirishga harakat qilganlikda ayblanmoqda

Tramp Kennedining o‘limiga oid ba’zi hujjatlarni yashirishga harakat qilganlikda ayblanmoqda


AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishiga bog‘liq hujjatlar qonunga mufoviq 2017-yilning 26-oktabr kuni oshkor etilishi kerak. Biroq Donald Tramp ma’muriyati bunga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda Politico’ga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Ushbu hujjatlar oshkor etilishini 25 yilga taqiqlash qonuni Kongress tomonidan 1992-yilda, katta Jorj Bushning prezidentlik davrida qabul qilingan.

O‘sha vaqtda maxsus komissiya hujjatlarni alohida arxivlarga to‘plab, milliy xavfsizlik sababli ularni yana 25 yil maxfiy saqlashni taklif etgan.

Shuningdek, ushbu arxivdan komissiyaning 1990-yillardagi ishiga bog‘liq boshqa yuzlab varaq hujjatlar ham o‘rin olgan. Nashrning xabar berishicha, Oq uy ushbu ma’lumotlarini ham milliy xavfsizlikka tahdid soladi, deya hisoblamoqda.

Jon Kennedi 1963-yilning 22-noyabrida Dallasga (Texas shtati) uyushtirgan safari vaqtida snayper o‘qidan jarohatlangan va shu kunning o‘zida vafot etgan edi. Maxsus komissiyaning xulosasiga ko‘ra, Kennedi Li Xarvi Osvald ismli shaxsning qurboniga aylangan. Osvald Kennedining vafotidan ikki kun o‘tgach o‘ldirilgani sabab, uning ustida sud o‘tkazilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-10-2017, 14:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют