» » AQShning besh nafar sobiq prezidenti to‘fonlardan jabr ko‘rganlar uchun mablag‘ to‘plangan xayriya konsertida qatnashdi

AQShning besh nafar sobiq prezidenti to‘fonlardan jabr ko‘rganlar uchun mablag‘ to‘plangan xayriya konsertida qatnashdi


AQShning hozirda hayot bo‘lgan barcha besh nafar sobiq prezidenti Texasdagi xayriya konsertida ishtirok etdi. Tadbirdan tushgan mablag‘ to‘fonlardan jabr ko‘rgan amerikaliklar ehtiyoji uchun yo‘naltiriladi, deb xabar beradi “TASS”.

Uch soat atrofida davom etgan konsert “Xarvi” to‘foni jiddiy zarar yetkazgan Kollej-Steyshn shahridagi qishloq xo‘jaligi va mashinasozlik universitetida bo‘lib o‘tdi. Faxriy mehmonlar qatoridan AQShning sobiq yetakchilari — Jimmi Karter, Bill Klinton, katta Jorj Bush, kichik Jorj Bush va Barak Obama joy oldi.

Katta Jorj Bushdan tashqari ularning barchasi sahnadan turib to‘planganlarga murojaat qildi. Shuningdek, konsert davomida AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning chiqishi videoyozuvi translyatsiya qilindi.

Sobiq davlat rahbarlari sentabr oyi boshidan beri o‘tkazib kelayotgan xayriya kampaniyasining rasmiy vakillari bugungi kungacha jami 31 million dollar to‘plashga muvaffaq bo‘linganini bildirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-10-2017, 17:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют