» » Kipr prezidenti mamlakat moliyaviy tizimiga bo‘lgan ishonchning qayta tiklanganini ma’lum qildi

Kipr prezidenti mamlakat moliyaviy tizimiga bo‘lgan ishonchning qayta tiklanganini ma’lum qildi


Investorlar tomonidan Kipr moliyaviy tizimiga bo‘lgan ishonch qayta tiklandi. Bu haqda Kipr prezidenti Nikos Anastasiadis matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.

“2013-yildagi moliyaviy inqirozning dramatik oqibatlariga qaramay, biz soliq yukuni kuchaytirmaslikka harakat qildik”, — dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, kreditorlar tomonidan qo‘yilgan talablarga rioya etgan holda mamlakat inqirozni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. “Biz 2014-yildayoq vaziyatni barqarorlashtirgan edi”, — dedi Nikos Anastasiadis. 2015-yilda esa iqtisodning o‘sishi kuzatilgan. Joriy yilda esa YIMning o‘sishi 3,5 foizni tashkil etmoqda.

“Bu davlatga bo‘lgan ishonchning va kreditorlar ishonchini qayta qozonishga imkon berdi”, — deya ta’kidladi Kipr prezidenti. Xalqaro reyting agentliklari Kiprga investitsiya jalb etish reytingini bir necha bandga ko‘targan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (24-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют