» » Oliy Liga. “Lokomotiv” qo‘qonlik futbolchilarga imkoniyat qoldirmadi. Ertaga Toshkent derbisi

Oliy Liga. “Lokomotiv” qo‘qonlik futbolchilarga imkoniyat qoldirmadi. Ertaga Toshkent derbisi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 26-turi peshqadam “Lokomotiv”ning g‘alabasi bilan boshlandi. Bu bilan “temiryo‘lchilar” ketma-ket ikkinchi chempionlik uchun yana bir qadam tashladi. “Lokomotiv” hozirgacha faqat 1 marta O‘zbekiston chempioni bo‘lishga erishgan.

Toshkentga “Qo‘qon—1912” futbolchilari tashrif buyurib, 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Chempionat to‘purari Marat Bikmayev bellashuvda dublga erishib, mavsum davomida urgan gollari sonini 22 taga yetkazib oldi. To‘purarlar poygasida ikkinchi bo‘lib turgan “Nasaf” vakili Dragan Cheran hisobida 14 ta aniq zarba bor.

Ertaga — 26-oktabr kuni kumush medallar uchun kurash olib borayotgan “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari o‘zaro to‘qnash keladi. Tomonlarning “Bunyodkor” stadionida o‘tgan ilk o‘yini 1:1 hisobida yakuniga yetgandi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi
26-tur bellashuvlari
25-oktabr, chorshanba

Gollar: Marat Bikmayev, 9 (1:0). Marat Bikmayev, 42 (2:0). Sanjar Shoahmedov, 63 (3:0).

26-oktabr, payshanba
“Metallurg” — “Olmaliq” — 15:00
“Mash’al” — “Nasaf” — 16:00
“Neftchi” — “Qizilqum” — 16:30
“Navbahor” — “Buxoro” — 17:00
“Paxtakor” — “Bunyodkor” — 18:00

27-dekabr, juma
“Sho‘rtan” — “So‘g‘diyona” — 16:00

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-10-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют