» » Samarqandlik nuroniy otaxon va onaxonlar paxta terimida faol qatnashmoqda

Samarqandlik nuroniy otaxon va onaxonlar paxta terimida faol qatnashmoqda


Samarqandlik nuroniy otaxon va onaxonlar Past Darg‘om va Payariq tumanlaridagi paxta terimida faol ishtirok etib, barchaga namuna ko‘rsatmoqda, deb yozadi viloyat hokimligi axborot xizmati.

“Ko‘pincha nafaqa so‘rab, mahalla idorasi oldida turgan ayol, erkaklarni ko‘rsam jahlim chiqadi. Hozir bir kishi kun bo‘yi bemalol 50—60 kilogramm paxta terishi mumkin. Bu esa bir kunda oilaga 25—30 ming so‘m daromad deganidir. Ish haqining kuniga berilayotgani, ilg‘or terimchilarga yog‘, shakar, sovun va boshqa turdagi mahsulotlar ulashilayotganini aytmaysizmi?

17-oktabrdan boshlab qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta uchun 700 so‘mdan to‘lanadi. Axir bu har bir oilaga daromadini oshirish uchun juda yaxshi imkoniyat-ku. Shuning uchun terimchilarni yanada ruhlantirish va el xirmoniga o‘z hissamizni qo‘shish uchun dalaga otlandik”, — deydi Samarqand shahridagi Kattaqo‘rg‘on ariq mahallasida yashovchi Ubaydullo Yo‘ldoshev.

Xabarda qayd etilishicha, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat, tuman bo‘limlarida ham faol nuroniylar jalb etilib, targ‘ibot guruhlari tashkil qilingan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют