» » FQB Osvaldni Kennedining o‘ldirilishidan oldin kuzatishni boshlagan

FQB Osvaldni Kennedining o‘ldirilishidan oldin kuzatishni boshlagan


AQSh Federal qidiruv byurosi (FQB) Li Xarvi Osvaldni AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishidan qariyb bir oy avval kuzatishni boshlagan. Bu haqda Milliy arxiv saytiga joylangan, ushbu ish bo‘yicha hujjatlarga tayanib, “TASS” xabar berdi.

1963-yil 25-oktabrga tegishli hujjatdan ma’lum bo‘lishicha, byuro agentlaridan biri Kuba uchun halol o‘yin deb ataluvchi qo‘mita haqida axborot olish uchun “kubalik manbalar” bilan ishlagan. Ushbu harakat Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroni qo‘llab-quvvatlab chiqqan.

FQB Osvaldni ushbu tashkilot a’zosi deb ishongan. Hujjat Dallasga jo‘natilgan, chunki AQSh prezidentining bo‘lg‘usi qotili o‘sha yerga qochib o‘tgan. Hujjatda aytilishicha, Osvald u yerda sho‘ba tashkilotini yaratishga urinishi mumkin bo‘lgan. Ammo tashkilot Li Xarvi Osvald Yangi Orleandan chiqib ketgach, o‘z faoliyatini tugatgan, deyiladi hujjatda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-10-2017, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют