» » Besh yoshli bolakay superqahramonlar kiyimida boshpanasiz mushuklarga g‘amxo‘rlik qilmoqda (foto)

Besh yoshli bolakay superqahramonlar kiyimida boshpanasiz mushuklarga g‘amxo‘rlik qilmoqda (foto)


Filadelfiya shahrida (Pensilvaniya shtati, AQSh) istiqomat qiluvchi besh yoshli Shon Griffin superqahramonlar kiyimida boshpanasiz mushuklarga yordam qilmoqda, deb xabar berdi Metro nashri.

Uning xolasi Kris Papirnik okrugdagi boshpanasiz mushuklarni boqadi, davolaydi va ularga xo‘jayin qidiradi. Bolakay unga yordam berish maqsadida o‘zining ajoyib qobiliyatini namoyish etdi.

Shon uch yoshida odamlardan qochadigan Bag laqabli mushuk bilan “til topishishga” muvaffaq bo‘ldi. “Shon uni boqa boshlaganida Bag uning yoniga keldi. O‘shandan buyon u odamlarga nisbatan do‘stona munosabatda“, — deydi Papirnik.

Shon xolasinikiga muntazam ravishda mehmonga kelib turadi, superqahramonlar kiyimini kiyib olib boshpanasiz mushuklarga qarashda yordam beradi. “U mushuklarning qorinlarini qashiydi, boshlarini silaydi. Bizni yoniga ham yaqinlashtirmaydigan mushuklar uning oldiga oshiqishi juda hayratlanarli. Uning qandaydir sehrli kuchi bor”, — deydi Shonning xolasi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-10-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют