» » Xitoy rahbari Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevning tabrigi uchun minnatdorlik bildirdi

Xitoy rahbari Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevning tabrigi uchun minnatdorlik bildirdi


Xitoy rahbari Si Szinpin Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrik yo‘llagani uchun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Xitoy rahbarining maktubi matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Xitoy Xalq Respublikasi Kommunistik partiyasining 19-syezdi muvaffaqiyatli yakunlangani va Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylanganim munosabati bilan tabriklab yo‘llagan maktubingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.

So‘nggi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Xitoy—O‘zbekiston munosabatlari jadal faollashgani va samimiylik, ishonch va o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganidan mamnunman. Mamlakatlarimiz oliy darajadagi mustahkam aloqalar tarafdoridir, siyosiy ishonch asosida “Bir makon, bir yo‘l” loyihasi doirasida yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda, qator yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Bu esa xalqlarimizga birdek foyda keltirmoqda. Joriy yilning may va iyun oylarida Siz bilan Pekin va Ostona shaharlarida ikki marta uchrashdik. Buning natijasida ikki tomonlama munosabatlar va barcha sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha salmoqli kelishuvlarga erishildi.

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik aloqalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman. Bundan buyon ham Siz bilan birgalikda o‘zaro munosabatlarimizni Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik ruhida rivojlantirish, yangi tarixiy davrda xalqlarimiz va butun insoniyat farovonligi yo‘lida barqaror va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyotga erishish uchun yangi imkoniyatlarni ishga solishga tayyorman!

Si Szinpin, Xitoy rahbari

Опубликовано: admin (3-11-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют