» » Rossiyaliklarning ko‘pchiligi Kseniya Sobchak prezidentlikka nomzodini ko‘rsatishiga qarshi chiqdi

Rossiyaliklarning ko‘pchiligi Kseniya Sobchak prezidentlikka nomzodini ko‘rsatishiga qarshi chiqdi


Rossiyaliklarning 70 foizi teleboshlovchi Kseniya Sobchakning 2018-yilgi prezident saylovida ishtirok etish qaroriga salbiy baho berdi. Buni “Jamoatchilik fikri” fondi o‘tkazgan so‘rov natijalari ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi “Interfaks”.

Respondentlarning 20 foizi bunga befarq ekanliklarini bildirdi va faqat 6 foizi teleboshlovchining tashabbusini ma’qulladi.

So‘rovda ishtirok etganlarning 49 foizi Sobchakka salbiy munosabatda ekanligini, 40 foizi befarq ekanligini bildirdi.

Rossiyaliklarning 86 foizi Sobchakning bu rejalaridan xabardor ekanligini tan oldi. 12 foiz rossiyaliklar bu haqda eshitmaganini ma’lum qildi.

So‘rov 28–29-oktabr kunlari Rossiyaning 53 subyektidagi 104 aholi yashash punktida 1500 respondent orasida o‘tkazildi.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют