» » UEFA futbol fanatining boshiga butsasi bilan tepgan Patris Evraga qarshi ish ochdi

UEFA futbol fanatining boshiga butsasi bilan tepgan Patris Evraga qarshi ish ochdi


Yevropa Ligasi guruh bosqichining 4-turida musobaqa tarixida ro‘y bermagan holat kuzatildi. Ya’ni, uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashi kerak bo‘lgan hamda mashg‘ulot o‘tash uchun stdionga chiqqan futbolchi maydondan chetlatildi.

Gap fransiyalik himoyachi Patris Evra haqida bormoqda. “Marsel” a’zosi o‘z klubi muxlislari tomonidan yarim soatlar haqorat qilindi. Keyinroq fanatlar “Vitoriya Gimaraynsh” stadioniga tushib ham bu ishni davom ettirdi. Chiday olmagan Patris Evra esa o‘ziga eng yaqin bo‘lgan muxlis yoniga yugurib borib, butsasi bilan uning boshiga zarba berdi.

Referi o‘yin boshlanmay turiboq Evrani chetlatdi. Demak, Patris kamida 1 ta uchrashuvni qo‘yib yuborishi shart. Biroq UEFA bu bilan cheklanmaydi. Tashkilot matbuot xizmatining xabar berishicha, Patris Evraga qarshi ish ochilgan. Tartib-intizom qo‘mitasi 10-noyabr kuni yakuniy qarorini e’lon qiladi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют