» » Toshkentning ba’zi masjidlarida azon ovoz kuchaytirgichlar orqali aytila boshlandi

Toshkentning ba’zi masjidlarida azon ovoz kuchaytirgichlar orqali aytila boshlandi


O‘zbekistonning turli viloyatlarida, jumladan, Andijon, Farg‘ona va Toshkent shahrida joylashgan ba’zi masjidlarda azon ovoz kuchaytirgichlar orqali chaqirilmoqda. Bu haqda “Azon.uz” o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.

Toshkentdagi “Minor” masjidida 1-noyabr kuni xufton namozini o‘qigan “Azon.uz” manbasinining so‘zlariga ko‘ra, “Minor” masjidida xufton namozi uchun ovoz kuchaytirgichlar orqali azon aytilgan.

“Odamlar azon tovushini uzoqdan turib ham eshitgan. Bu kabi xabarlar Toshkentning Chilonzor, Sergeli tumanlaridan ham kelmoqda”, — deyiladi sayt xabarida.

Avvalroq azonni ovoz kuchaytirgichlar orqali aytishni targ‘ib qilish tashabbusi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligidan chiqqani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (4-11-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют