» » Pentagon AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi urush oqibatlarini tahlil qildi

Pentagon AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi urush oqibatlarini tahlil qildi


Pentagon AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy harakatlar oqibatlarini tahlil qildi. Qurolli kuchlar shtab boshliqlari qo‘mitasi direktor o‘rinbosari Maykl Dyumont tahlil natijalarini Kongress vakillar palatasiga yubordi, deb xabar beradi “TASS”.

Oldinroq kongressmenlar Ruben Gallego va Ted Le Pentagondan KXDR bilan urush yuz berganda AQSh va ittifoqdoshlarining ehtimoliy yo‘qotishlari haqida ma’lumot berishni so‘ragandi.

“Mudofaa vazirligida favqulodda holatlarga taalluqli bir necha harakatlar rejasi mavjud. Mazkur rejalar turli-tuman imkoniyatlar, jumladan, uchinchi tomon aralashuvi, shuningdek, mojaroni tiyishning eng maqbul usullarini o‘z ichiga oladi”, — deyiladi Dyumontning maktubida.

Kontr-admiralga ko‘ra, KXDRning barcha yadro obyektlarini aniqlash va to‘liq yo‘q qilish faqat mamlakatga AQSh quruqlikdagi qo‘shinlari kirganda amalga oshishi, Pxenyan esa bunga kimyoviy va biologik qurol qo‘llash bilan javob qaytarishi mumkin.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют