» » Mast amerikalik erkak Daniyadan Xbox o‘yini evaziga Grenlandiyani berishni so‘radi

Mast amerikalik erkak Daniyadan Xbox o‘yini evaziga Grenlandiyani berishni so‘radi


ChefShwasty nikli amerikalik bloger bir safar mast ahvolda Daniya hukumatiga maktub yozganini, unda Xbox konsoli o‘yini evaziga Grenlandiyani berishni so‘raganini aytib berdi. Bu haqda “Afisha Daily” xabar qilmoqda.

Maktubda aytilishicha, erkak orolni sotib olmoqchi bo‘lgan. To‘lov sifatida, o‘yindan tashqari, ikki banka energetik, Xyu Tomassen dastxati va Rolling Stone jurnalini taklif etgan.

Bloger do‘stlari bilan orolni boshqarmoqchiligini aytib, uni vayron qilmaslikka va’da bergan.

Blogerning aytishicha, bir necha kundan so‘ng unga Daniya TIVdan javob kelgan. Unda maktub muallifiga minnatdorlik bildirilgan va Grenlandiya sotilmasligi aytilgan. Shuningdek, vazirlik blogerga ishni kichik tashabbusdan boshlashni, masalan, Grenlandiyaga kelib, maktab o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatishni taklif qilgan.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют