» » Tramp Yaponiyada uchuvchi kurtkasida chiqish qildi

Tramp Yaponiyada uchuvchi kurtkasida chiqish qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp 5-noyabr kuni Yaponiya poytaxtidagi AQSh harbiylarining Yokota bazasi xodimlari oldida chiqish qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Uning chiqishini NHK telekanali translyatsiya qildi. Chiqishi chog‘ida prezident AQSh va Yaponiya hamkorligining muhimligini ta’kidlab o‘tdi.

“Yaponiya — AQShning muhim hamkori. AQSh Yaponiyani, uning madaniyati va xalqini chin yurakdan hurmat qiladi”, — dedi u.

Shuningdek, u Yokota bazasining muhimligini, jumladan, 2011-yil martida Yaponiyada ro‘y bergan sunami chog‘ida baza harbiylari ko‘rsatgan xizmatlarni ta’kidladi.

Donald Tramp uchuvchi formasida nutq so‘zlagani matbuotning e’tiborini tortdi.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют