» » Misr barcha yirik aeroportlarini modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda

Misr barcha yirik aeroportlarini modernizatsiya qilishni rejalashtirmoqda


Misr aeroportlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish uchun mablag‘ ajratmoqda. Bu haqda mamlakat fuqarolik aviatsiyasi vaziri Sharif Fathiy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Qohira xalqaro aeroportida modernizatsiya ishlari boshlab yuborildi, bu 700 million funtga (40 million dollar) tushadi. Havo qo‘nalg‘asi infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish davlat budjetidan emas, Egypt Air xoldingiga kiruvchi xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilmoqda”, — dedi vazir.

Fathiyga ko‘ra, vazirlik Xurgada aeroporti infrastrukturasini yaxshilash ustida ishlamoqda, Iskandariya va Sinay yarim oroli markazidagi aeroportlarni rivojlantirish yuzasidan rejalar mavjud.

“Shuningdek, Sharm ash-Shayx aeroportini kengaytirish uchun 450 million funt (25,5 million dollar) ajratilmoqda. Bu bilan uning yo‘lovchi qabul qilish imkoniyati ikki million kishiga yetadi”, — ta’kidladi vazir.

Опубликовано: admin (5-11-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют